AsosiyJamiyat

O`zbekistonda havo, suv va atrof-muhitning ifloslanish darajasi bo`yicha hududlar reytingi joriy etiladi

'O`zbekistonda havo, suv va atrof-muhitning ifloslanish darajasi bo`yicha hududlar reytingi joriy etiladi'ning rasmi

1 apreldan boshlab har bir hududning havo, suv va atrof muhitni ifloslanish darajasiga qarab tuziladigan reytingi joriy qilinadi. Bu haqda prezident videoselektorda ma`lum qildi. 

Qayd etilishicha, 2020 yildan buyon hududlarda 22 mingta yangi sanoat korxonasi ishga tushdi, bu davrda qariyb 250 ming yangi uy-joylar qurilgan. Bugungi kunda sanoat korxonalari va avtomobillardan atmosferaga yiliga 2 million tonnadan ziyod ifloslantiruvchi moddalar chiqmoqda.

Ayniqsa, poytaxtda, Olmaliq, Nurafshon, Ohangaron, Angren, Bekobod va Quvasoy shaharlarida havodagi ifloslantiruvchi moddalar miqdori boshqa hududlarga nisbatan ancha ko`p.

Hududlardagi ayrim korxonalarda haligacha 10 yildan ortiq ishlatilayotgan chang-gaz tozalash uskunalari mavjudligi qayd etildi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiya va iqlim o`zgarishi vazirligiga hokimlar va tarmoq rahbarlari bilan birga:

- joylarda ekologik vaziyatni yaxshilash bo`yicha har bir tuman va shaharning “master-reja”sini ishlab chiqish;
- yil yakunida hudud va tarmoqlarning ekologik reytingi va ekologik pasportini e`lon qilib borish topshirildi. Natijalari bo`yicha hokimlar aholiga murojaat qilishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar