"Taxtaqoracha" dovonida kuchli qor yog`ishi oqibatida avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.
Dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Faqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan muhofaza tadbirlarini muvofiqlashtirib bordi. Amalga oshirilgan zaruriy tadbirlar natijasida bugun, 29 yanvar kuni soat 15:00 da "Taxtaqoracha" dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.






