Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzaobod tumani bo`limi tomonidan “O`zenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasining “I.P.” MChJga qarashli AYoQShda o`tkazilgan tekshiruv hujjatlari o`rganilganda ushbu AYoQShda 10 730 litr AI-92 markali avtobenzinning oktan soni bo`yicha sifat ko`rsatkichi davlat standarti parametrlariga mos kelmasligi, shuningdek MChJ tomonidan mijozlarga sifatsiz yoqilg`i sotilganligi natijasida 12 nafar fuqaroning avtotransport vositasiga 103,2 mln so`m moddiy zarar etkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o`z vakolatlarini suiiste`mol qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
29.01.2024 17:20
Sirdaryodagi AYoQShda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi






