AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida noqonuniy ov qilgan fuqaro qo`lga tushdi (video)

'Toshkent viloyatida noqonuniy ov qilgan fuqaro qo`lga tushdi (video)'ning rasmi

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o`tkazildi. Reyd davomida fuqaro J. X. tomonidan ov qilish taqiqlangan vaqtda noqonuniy tarzda 2 ta qirg`ovul ovlanganligi aniqlandi. 

Ma`lumot uchun, "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi Qonunga ko`ra, joriy yilning 1 yanvaridan Toshkent viloyatida yovvoyi hayvonlar va qushlar uchun ov mavsumi yakunlangan. 

Holat  yuzasidan huquqbuzarga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, MJtKning 90-moddasi 4-qismiga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Ishga oid hujjatlar Toshkent viloyati Chinoz tumani sudiga yuborildi. Ov quroli esa sudning yakuniy qaroriga qadar Chinoz tuman Ichki ishlar bo`limiga vaqtincha topshirildi.

Eslatib o`tamiz, ta`qiqlangan vaqtda ov qilish qonunga ko`ra qat`iy jazolanadi. “Ov qilish va ovchilik xo`jaligi to`g`risida”gi Qonunga ko`ra, bu kabi holatlarda huquqbuzarlar tegishli tartibda javobgarlikka tortiladi hamda 3 yildan 5 yilgacha ovchilar safidan chetlashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar