AsosiyJamiyat

4 ta viloyatda katta miqdordagi kredit mablag`larini o`zlashtirganlar ushlandi

'4 ta viloyatda katta miqdordagi kredit mablag`larini o`zlashtirganlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G`ijduvon tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “I.T.” va “A.L.” MChJlar rahbari I.K. chorvachilik faoliyatini rivojlantirish uchun hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 4,2 mlrd so`m kredit mablag`lari evaziga xarid qilingan chorva mollarini sotib yuborib, ushbu mablag`larni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan “O`zmilliybank” AJ Uchqo`rg`on bank xizmati markazining murojaatiga o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.7.” MChJ rahbari J.S., "T.H." MChJ rahbari S.T. va boshqalar umumiy ovqatlanish shoxobchasi va tayyor taomlar etkazib berish xizmatini tashkil etish maqsadida ajratilgan 800 mln so`m kredit mablag`ini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “P.T.” MChJ rahbari U.M., “T.M.”  MChJ rahbari I.M. va boshqalar tijorat banki filialidan tikuvchilik faoliyatini rivojlantirish va dastgohlar sotib olish uchun ajratilgan kredit mablag`lari evaziga olingan 800 mln so`mlik 81 dona va 291,8 ming AQSh dollari qiymatidagi 26 dona tikuv dastgohlarini sotib yuborib, ushbu mablag`larni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. 

Departamentning Chirchiq shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda AT “Xalq banki” Chirchiq shahar filialidan “I.” MChJga ajratilgan 735 mln so`m kredit mablag`lari evaziga MChJ rahbari A.E. go`yoki “M.S” va “Sh.D” MChJ qum, sement va sheben qabul qilib olganligi to`g`risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, ushbu mablag`larni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar