Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori bilan Niyozov Xolmirza O`zgenovich viloyat hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimidan ozod qilindi.
Zoyir Mirzaevning tegishli qarori bilan Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimiga Chinoz tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Botir Bahodirovich Alimbekov vazifa bajaruvchi etib tayinlandi.