AsosiyJamiyat

Endi chorvachilik xo`jaliklariga subsidiya ajratiladi

'Endi chorvachilik xo`jaliklariga subsidiya ajratiladi'ning rasmi

Hukumat qarori (52-son, 26.01.2024 y.) bilan “Chorvachilik xo`jaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo`y va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi to`g`risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko`ra, chorvachilik xo`jaliklariga 2025 yil 31 dekabrgacha davlat tomonidan xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 mln so`m, nasldor qo`y va echkining har bir boshiga 400 ming so`m miqdorda subsidiya ajratiladi.

Subsidiya oluvchi xorijiy davlatdan nasldor qoramolni olib kelgandan so`ng tuman komissiyasiga subsidiya olish uchun “Agrosubsidiya” AT orqali murojaat qiladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilanadi:

➖ xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo`y va echkining kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

➖xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo`y va echkini sotib olish bo`yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi va to`lov topshiriqnomasi nusxasi;

➖bojxona yuk deklarasiyasi nusxasi;

➖xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo`y va echkilarning elektron identifikasiya bazaga kiritilganligi.

Subsidiya oluvchining arizasini ko`rib chiqish uchun to`lovlar undirilmaydi.

Subsidiya mablag`i subsidiya oluvchining tijorat bankidagi asosiy hisobvarag`iga o`tkazib beriladi.

    Boshqa yangiliklar