AsosiyJamiyat

Toshkent maktablarida ommaviy qirg`in sodir etilishi haqida tahdid xabarlar tarqalmoqda. Oydinlik kiritildi

'Toshkent maktablarida ommaviy qirg`in sodir etilishi haqida tahdid xabarlar tarqalmoqda. Oydinlik kiritildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlar hamda Telegram messenjeridagi kanal va guruhlarda “Tez orada Toshkent maktablarida ommaviy qirg`in sodir etilishi” haqidagi tahdidnamo xabarlar tarqatilmoqda. Ichki ishlar vazirligi mazkur xabarlar haqiqatga mos kelmasligini ma`lum qildi.  

Aytish o`rinliki, bu kabi yolg`on xabarlarni tarqatishdan ko`zlangan asosiy maqsad — aholi orasida vahima, sarosima qo`zg`ashga erishishdir.  Ayni provokasiyalar MDH hududi uchun birinchi holat emas. Shunday axboriy hujumlar Rossiya, Qozog`iston ijtimoiy tarmoqlarida ham kuzatilgan edi.

Rasmiylar jamoatchilikni xotirjamlikka, yolg`on ma`lumot tarqatmaslikka chaqirmoqda. Agar shu kabi xabarlarga ko`zingiz tushsa, u holda huquq-tartibot idoralarini xabardor qiling! 

Eslatib o`tamiz, aholi o`rtasida yolg`on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud. 

    Boshqa yangiliklar