Avvalroq, Bolalar ombudsmaniga Shahrisabz shahrida yashovchi 2006 yilda tug`ilgan qiz murojaat qilib, bir yigit unga turmushga chiqishiga undab, turli shaklda bosim o`tkazib kelayotgani haqida xabar bergandik.
Bolalar ombudsmanining xabar qilishicha, 29 yanvar kuni M.M. Bolalar ombudsmaniga takroran murojaat qilib, himoya orderi berilgan bo`lsada, o`sha yigit unga tazyiq va ruhiy bosim qilishni davom etayotganligini bayon etgan.
29 yanvar kuni O.B. bunday harakatlari uchun ma`muriy tartibda ushlanib, bugun, 30 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Shahrisabz shahar sudi tomonidan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 206 (1) moddasi (tazyiq o`tkazgan va (yoki) zo`ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo`lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik) bilan 10 sutkaga ma`muriy qamoqqa olindi.






