AsosiyJamiyat

Paxtachida iste`molga yaroqsiz yog` ishlab chiqarayotgan xonadon aniqlandi

'Paxtachida iste`molga yaroqsiz yog` ishlab chiqarayotgan xonadon aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda “Bo`ston” MFYdagi xonadonda yashovchi M.A. o`z uyining yordamchi xo`jaligida yashirin sex tashkil etib, qo`lbola usulda yog` ishlab chiqarish bilan shug`ullanib kelganligi aniqlanib, 540 litr iste`molga yaroqsiz yog`, 1 790 kg. paxta chigiti va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar