1

Zebo Navro`zova Shohruhxon va Asalning sevgi tarixini so`zlab berdi

Shou-biznes 16.11.2016, 10:31
Teglar: Shou-biznes, Aktrisa, Ona, Asal Shodieva, Oila
Zebo Navro`zova Shohruhxon va Asalning sevgi tarixini so`zlab berdi

Rejissyor Zebo Navro`zova va aktrisa Asal Shodieva “Darakchi” tahririyatida mehmon bo`ldi va ko`plab qiziqarli savollarga javob berdi. 

Xususan, Zebo Navro`zova o`g`li Shohruhxon va kelini Asalning sevgi tarixi haqida so`zlab berdi.

“Bu voqeaning tarixi uzun... Bir boshidan gapirib bera qolay. Yodingizda bo`lsa, Shohruxxon kliplarining birga Asalni taklif etgan edi. O`sha hamkorlikdan so`ng turli gap-so`zlar “bolalay” boshlagandi. O`sha paytlarda biz kinoijodkorlar Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan yozgi oromgohda yig`ilgandik. Shunda birinchi marta Asal bilan yaqindan tanishganman. Ilgari munosabatimiz salom-alikdan nariga o`tmagan. Xullas, o`sha tadbirda, hamma o`zi bilan ovora, men esa  kelganlar orasidan kelin izlashni boshlaganman. Shu payti Asalga ko`zim tushdi. Xudo o`zi ko`nglimga solganmi bilmayman, nima qilmay shu qizga qarayverganman-da. Keyin o`zimcha, oydakgina qiz ekan, odamlar bekorga gapirmas ekan, Asalni kelin qilib qo`ya qolsam bo`larkan, deb o`ylab qo`yganman. Eng qizig`i, o`sha tadbirda qaynonalardek uning nima ish bilan bandligi, nimalarga qiziqqanini poylaganman. Kechki payt hamma guruh-guruh bo`lib yig`ilib, kuy-qo`shiq aytish bilan band bo`lsa, u xonasiga kirib kitob o`qirdi. Bir zum bo`sh vaqtini behuda sarflamasligi e`tiborimni tortdi. Ana o`shandan keyin unga bo`lgan mehrim yana ham oshgan. Ertasiga o`g`limga qo`ng`iroq qilib, “Men senga zo`r qiz topdim” deganman. U esa “Oyi, o`sha erda ham tinch yurmang. Atrofingizda faqat artistlar-ku, kim ekan siz topgan qiz”  deb so`radi. Men esa “Ha, shu artistlarning ichidan topdim-da. Asal Shodieva” dedim. U to`satdan “Voy” dedi. O`sha bir so`zning ohangidanoq o`g`lim allaqachon Asalga ko`ngil qo`yganini sezgandim. Men bu erda jon kuydirib kelin izlasam-u, u hamma ishni pishitib qo`ygan ekan. Shunday qilib, bir vaqtning o`zida ikkimiz ham bir nomzodni ko`z ostimizga olib qo`yganmiz (kuladi). Shunday qilib, bir kuni qo`ng`iroq qilib, “Oyi, tayyorlanib turing, mehmonga borasiz” deya sovchilikka yubordi. Eng qizig`i esa, mening o`zim ham to`yga o`n kun qolganda belgilangan sanani eshitganman. Konsertga tayyorlanish jarayonida hammamiz elib-yugurib yuribmiz. Konsert ham keldi. Parda ochilishiga 15 daqiqa qolganda “Ona 5 iyun to`y! Tayyorlanavering” desa bo`ladimi? Endi mening ahvolimni tasavvur qilavering. Sarpo-suruq, degandek to`yning o`ziga yarasha tashvishlari, yugur-yugurlari bor. Qanday ulguraman deb rosa vahima  bosgan. Ammo hammasi juda chiroyli o`tdi. Ming shukr”,—deydi Zebo Navro`zova. 
Zebo Navro`zova va Asal Shodieva bilan suhbatning to`liq talqinini “Darakchi” gazetasining 17-noyabr kuni sotuvga chiqadigan yangi sonida o`qishingiz mumkin.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Buxoroda onadan 3 nafar farzandi uchun aliment puli undirildi

12.12.2019, 16:14

Aksariyat hollarda farzandlar ta`minoti uchun otalardan aliment undiriladi. Shundan farqli o`laroq bu ijro ishida aliment onadan undirildi.F.Ya. Buxoro shahrida tug`ilgan I.J. bilan turmush qurib, 3...
Gavhar Sharipovaga haydovchi shilqimlik qilganligi holati yuzasidan qo`shimcha bayonot berildi

20.11.2019, 14:21

“Aktrisaga shilqimlik qilingan, u esa yurib ketayotgan yuk mashinadan o`zini tashlagan” Qashqadaryo YHXB qo`shimcha bayonot berdi.2019 yil 18 dan 19 noyabrga o`tar kechasi soat 02:20...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1