“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun respublika bo`yicha Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda biroz qor yog`adi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida biroz qor yog`adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda, janubda va cho`l hududlarida ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2° sovuq-3° iliq, shimolda 1-6° sovuq bo`ladi.
Poytaxtda kunning birinchi yarmida biroz qor yog`adi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-3° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo`ladi.






