"FlyDubai" aviakompaniyasining Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da uchishi belgilangan FZ1942 (Toshkent – Dubay) reysi texnik sabablarga ko`ra 24 soatga kechiktirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, ushbu reysning barcha yo`lovchilari aviakompaniya tomonidan mehmonxonaga joylashtirilgan.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, FZ1942 reysi 2024 yil 1 fevral Toshkent vaqti bilan soat 04:30 ga ko`chirildi.
Parvoz jadvaliga kiritilgan o`zgartirishlar to`g`risidagi batafsil ma`lumotlarni aviatashuvchidan olish mumkin. Shuningdek, parvoz holati haqidagi ma`lumotlarni "Uzbekistan Airports"ning rasmiy veb-sayti va mobil ilovasi orqali olish mumkin.






