AsosiyJamiyat

Surxondaryoda fuqaro 14 dona daraxtlarni kesib tashlagani aniqlandi

'Surxondaryoda fuqaro 14 dona daraxtlarni kesib tashlagani aniqlandi'ning rasmi

Joriy yilning 24 yanvar kuni Sirdaryo tumani Navro`z MFY hududida joylashgan “Sirdaryo bog`lari” fermer xo`jaligi dala er maydoni chetida fuqaro hech qanday ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda 14 dona manzarali daraxtlarni kesib, «Belarus» rusumli traktorning tirkamasiga ortayotgan vaqtida davlat inspektorlari tomonidan voqea joyida qo`lga olindi.

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 fevraldagi 464-sonli qarorining 4-ilovasi asosida o`lchanib hisoblanganda 3 (uch) turdagi jami 14 (o`n to`rt) dona manzarali daraxtlarni kesib tashlaganlik natijasida o`simlik dunyosiga etkazilgan zarar hisobi 273 360 000 (ikki yuz etmish uch million uch yuz oltmish ming) so`m hisoblandi.

Holat yuzasidan to`plangan hujjatlar viloyat prokuraturasiga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar