Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yong`in sodir bo`lgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi.
Ushbu holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi izoh berdi.
Joriy yil 1 fevral kuni soat 14:00 atrofida Shayxontohur tumani Ulug`bek 7-tor ko`chasidagi uyda yong`in bo`layotgani haqida Toshkent shahar FVBga ma`lumot kelib tushdi.
Hodisa joyiga 5 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 14:10 da etib borgan va yong`in soat 14:40 da o`rab olinib soat 15:00 da o`chirilgan.
Yong`in natijasida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q. Yong`inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.






