Prezident tomonidan imzolangan “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun bilan “Davlat boji to`g`risida”gi qonunga quyidagi qo`shimchalar kiritildi:
Pedagog xodimlar – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o`z sha`ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro`sini himoya qilish bilan bog`liq ishlar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarda davlat bojini to`lashdan ozod qilinadi.
Shuningdek, pedagog xodimlar – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida pedagog xodimlarning huquqlarini buzayotgan davlat organlarining g`ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan Ma`muriy sudlarga shikoyat qilganda davlat bojini to`lashdan ozod qilinadi.






