AsosiyJamiyat

Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektorlariga qo`shimcha vakolat berildi

'Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektorlariga qo`shimcha vakolat berildi'ning rasmi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O`RQ-902-son, 01.02.2024 y.) bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga qo`shimchalar kiritildi. Bu haqida Aldiya vazirligi xabar bermoqda.

Unga ko`ra, bolalarni tarbiyalash va ularga ta`lim berish bo`yicha majburiyatlarni bajarmaganlikda, jamoat joylarida tamaki yoki alkogol mahsulotini iste`mol qilganlikda, shuningdek voyaga etmagan shaxsni g`ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlikda aybdor shaxslarni ma`muriy javobgarlikka tortish uchun ichki ishlar organlarining voyaga etmaganlar masalalari bo`yicha inspektor-psixologlariga zarur vakolatlar berildi.

Bundan tashqari, ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektorlariga tazyiq o`tkazgan yoki zo`ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo`lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun ma`muriy huquqbuzarlikni rasmiylashtirish vakolati berildi.

Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar