AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir yog`adi

'Bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir yog`adi'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun Qoraqalpog`iston Respublikasida, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida, kunning ikkinchi yarmida Jizzax viloyatida va kechga tomon Sirdaryo viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Qolgan hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo`ladi, shimolda 0-5° iliq bo`ladi.

Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-6° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3° sovuq - 2° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar