1

Bugun O`zbekiston MTJ Osiyo kubogi chorak finalida Qatarda qarshi maydonga tushadi

Sport 03.02.2024, 12:08
Bugun O`zbekiston MTJ Osiyo kubogi chorak finalida Qatarda qarshi maydonga tushadi

Futbol bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogining chorak final bosqichida Qatarga qarshi bahs olib boradi.

O`zbekiston–Qatar uchrashuvi bugun, 3 fevral kuni soat 20:30 da boshlanadi. O`yin Doxadagi salkam 69 ming tomoshabinni o`z bag`riga sig`dira oladigan “Al-Bayt” stadionida bo`lib o`tadi.

Ma`lum qilinigicha, uchrashuvda o`zbekistonlik futbolchilar oq libosda, darvozabon esa qora libosda harakatlanadi.

Osiyo chempionatining chorak finalidan o`rin olgan Eron–Yaponiya bahsi esa bugun soat 16:30 da boshlanadi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogining nimchorak final bosqichida Tailand ustidan 2:1 hisobida ustun kelgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1