Zubayda Hasan oilasi bilan Afg`onistonning chekka qishlog`ida yashagan, deb xabar berdi “Topfact.su” nashri.
2001 yilda qizcha 9 yoshdaligida sodir bo`lgan yong`in uning hayotini ostin-ustin qilib yubordi. Olovdan qizchaning tanasi, ayniqsa yuz qismi kuchli kuygan. Kuyish oqibatida uning yuzi oqib tushib, bo`yni bilan birlashib ketgan. Zubaydaning ota-onasi mahalliy vrachlarga murojaat qiladi, ammo ular qizning yuzini asl holiga qaytarishga ojizliklarini tan olishadi. Shunda Zubaydaning otasi qizni AQSh harbiy bazasiga olib borib, yordam so`raydi.
Uning ahvolini tushungan harbiylar qizga yordam berishga qaror qilishadi. Zubayda kuchli og`riqlardan azoblanar, terisining tortilishidan na o`tira olar, na yota olardi. Harbiylar Los-Anjelos shahridagi plastik jarroh bilan aloqaga chiqishadi. U qizchani operasiya qilishga ko`nadi. Ular gaplashgan vrach aynan kuygan odamlarni operasiya qilishga ixtisoslashgandi.
Doktor Grossman uni oldinda mushkul vazifa kutib turganini yaxshi bilardi. U Zubaydaning ota-onasiga bu juda uzoq jarayon ekanligini, vaqt kerakligini, bitta operasiya bilan ish bitmasligini, qizcha bir necha operasiyani boshdan o`tkazishi lozimligini tushuntiradi.
O`tkazilgan bir necha operasiyalar davomida qizchaning elka qismidan teri ko`chirib o`tkaziladi va qizning yuzi o`z holiga qaytadi. Bu haqiqatan ham juda nozik operasiya edi.
Zubayda o`n ikkinchi operasiyani boshdan kechirgandan keyin doktor Grossman rafiqasi bilan kelishib, o`ziga kelguncha uni uyiga olib ketishga qaror qiladi. Qizcha doktorning uyida uning chandiqlaridan qo`rqmaydigan tengdoshlari bilan do`stlashadi. Zubayda doktor va uning rafiqasiga mehr qo`yganidan ularni “dada”, “oyi” deb chaqira boshladi. Uning davolanib, batamom tuzalishi 3 yilga mo`ljallangan bo`lsa-da, 1 yilda asl holiga qaytdi. Doktor Grossmanning shaxsan o`zi tuzalgandan keyin Zubaydani Afg`onistonga ota-onasining oldiga olib bordi. Zubayda va uning yaqinlari, ota-onasi bunday mehribon va oqko`ngil doktordan bir umrga minnatdor bo`lishdi!
26.08.2022, 08:40
Buxoro viloyatidagi qamishzorlarda yong`in yuzaga keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Buxoro viloyati Peshku tumanidagi...22.12.2021, 10:59
Bu haqda Namangan FVB Matbuot xizmati xabar berdi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yilning 18 dekabr kuni soat 02-34da Uchqo`rg`on tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limini 101 qisqa raqamiga...11.10.2021, 12:16
Toshkentdagi xonadonlarning biri yonib ketdi. Bu haqda FVV xabar berdi.Qayd etilishicha, bugun, 11 oktyabr kuni soat 09:50 da Toshkent shahar Yangihayot tumanida joylashgan uylarning birida...04.10.2021, 16:00
Bugun, 4 oktyabr kuni soat 14:36 da Samarqand shahar Bag`dod ko`chasida joylashgan maktabgacha ta`lim muassasasi oshxonasining tom qismida yong`in ro`y berdi. Bu haqda FVV Axborot...