O`zbekiston terma jamoasi o`yinchisi Jaloliddin Masharipov Eronning "Istiqlol" klubiga o`tadi. Bu haqda Eron klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko`ra, "Istiqlol" bosh direktori Ali Xateyr Masharipov bilan 1,5 yillik shartnoma bo`yicha kelishuvga erishgan. Futbolchi yaqin ikki-uch kunda Tehronga tibbiy ko`rikdan o`tish va bitimga imzo chekish uchun boradi.
“Istiqlol" hozirda Eron Pro ligasida 15 turdan so`ng 32 ochko jamg`argan holda etakchilik qilmoqda.