1

Shavkat Mirziyoev Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi

Jamiyat 17.11.2016, 10:24
Teglar: O`zbekiston, Saylov
Shavkat Mirziyoev Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev 16 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi. 

Uchrashuvni nomzodning ishonchli vakili I.Abrorov ochdi. 

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilgan keng ko`lamli islohotlar samarasida mamlakatimizning barcha hududlari qatori Qashqadaryo viloyati ham izchil taraqqiy etmoqda. Joriy yilning 9 oyida viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi 10 trillion 630 milliard so`mdan ziyodni, o`sish sur`ati 6,5 foizni tashkil etdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 62,3 foizga etdi. 

Mamlakatimizga jalb etilayotgan investisiyalarning 11,2 foizi Qashqadaryo viloyati hissasiga to`g`ri kelayotir. Bu yangi ishlab chiqarish korxonalari tashkil etilishi, ish o`rinlari ko`payib, aholining turmush farovonligi hamda daromadining yanada oshishiga zamin yaratmoqda. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev o`z saylovoldi dasturi yuzasidan ma`ruza qildi. 

Dasturda mamlakatimizda rivojlangan huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish, hududlarni har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish, qonun ustuvorligini ta`minlash, huquqni muhofaza qilishda ochiqlik va oshkoralikni ta`minlash, bu borada fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan samarali hamkorlik mexanizmlarini keng qo`llash, 2030 yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini ikki barobardan ziyod ko`paytirish, iqtisodiyotimiz tarkibida sanoatning ulushini 40 foizga etkazish, iqtisodiyotimizning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish, investisiyaviy faollikni kuchaytirishga doir strategik maqsadlar o`z ifodasini topgan. Ijtimoiy sohani rivojlantirish, avvalo, qishloq aholisining uy-joyga bo`lgan ehtiyojini qondirish, sog`liqni saqlash sohasini isloh etish, xalqimizga tibbiy xizmat ko`rsatish sifatini tubdan yaxshilash, mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlash, aholi bandligini ta`minlash va turmush farovonligini oshirish kabi muhim masalalarga alohida e`tibor qaratilgan. 

Uchrashuv videokonferensiya shaklida o`tkazildi. Viloyatning barcha shahar va tumanlari markazlaridan saylovchilar nomzodning dasturi yuzasidan o`z fikrlarini bildirdi. 

"Nuroniy" jamg`armasi Qashqadaryo viloyati bo`limi raisi Ya.Inoyatov, Qarshi shahridagi "Xontepa" mahalla fuqarolar yig`ini raisi R.Zohirov, Qarshi shahridagi 9-umumta`lim maktabi o`qituvchisi O.Eliseeva, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar D.Rahimova, F.Abdullaev, T.Beknazarov, "Nuroniy" jamg`armasi Nishon tumani bo`limi raisi H.Maxsimov, Koson tumanidagi 94-umumta`lim maktabining "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati boshlang`ich tashkiloti etakchisi I.Shomurodova va boshqalar dasturda belgilangan vazifalar mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko`lamli islohotlarni izchil davom ettirish va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilishini ta`kidladi. Saylovchilarni 4 dekabr kuni bo`ladigan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Sharhlar

Turkiyada muxolifat Erdo`g`onning partiyasini mag`lub etdi

01.04.2024, 09:13

Avval xabar qilganimizdek, yakshanba kuni Turkiyada mahalliy hokimiyatlarga saylovlar bo`lib o`tdi. Bayonnomalarning 93 foiz sanab chiqilganda, Respublika xalq partiyasi 37,4 foiz, hukmron Adolat va taraqqiyot...
Shavkat Mirziyoev Putinni saylovdagi g`alabasi bilan tabrikladi

18.03.2024, 10:51

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinni bo`lib o`tgan Prezident saylovida qozongan ishonchli g`alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1