Tramp bir necha bor Qo`shma Shtatlar Shimoliy Atlantika alyansiga haddan tashqari ko`p kuch va pul sarflayotganini ta`kidlagan. Bu haqida Zamon.uz xabar bermoqda.
Tramp bir necha bor Qo`shma Shtatlar Shimoliy Atlantika alyansiga haddan tashqari ko`p kuch va pul sarflayotganini ta`kidlagan, shuningdek, AQShning NATOdan chiqishi kerakligi haqida fikr bildirgan.
"Nemis siyosatchilari Tramp prezidentlikka saylansa, buni ro`yobga chiqarishga harakat qilishi mumkinligidan xavotirda", — deb yozadi The New York Times.
Nashrga ko`ra, hozirda Germaniya Ukrainaga yordam ko`rsatish bo`yicha AQShdan keyin ikkinchi o`rinda turadi.Qo`shma Shtatlar 2023 yil oxirida Ukrainaga harbiy yordam ko`rsatishni o`z ichiga olgan byudjetni tasdiqlay olmaganligi sababli, Germaniya o`z byudjetida Kievga yordam uchun xarajatlarni deyarli ikki barobarga oshirib, yiliga 8,5 milliard dollarga etkazdi.
AQSh "Sovuq urush" davrida tuzilgan NATOning ta`sischilaridan biri va alyansda etakchi mavqega ega davlat hisoblanadi.






