AsosiyDunyo

Qozog`istonda yangi Bosh vazir tayinlandi

'Qozog`istonda yangi Bosh vazir tayinlandi'ning rasmi

Qozog`iston Prezidenti Qosim-Jomart To`qaevga “Amanat” partiyasidan Oljas Bektenovning nomzodi Bosh vazir lavozimiga taklif qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Parlament majlisi raisi, “Amanat” partiyasi raisi Erlan Koshanov “Amanat” siyosiy partiyasi nomidan Oljas Bektenov nomzodini Qozog`iston Bosh vaziri lavozimiga taklif qilgan. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, davlat rahbari bugun soat 15:00 da taklif etilgan nomzodni parlamentdagi partiya fraksiyalari rahbarlari bilan muhokama qiladi.  

Oljas Bektenov To`qaevga begona emas, u o`tgan yilning aprel oyidan buyon Prezident Administrasiyasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bungacha u ikki marta – 2022 yil fevral va noyabr oylarida Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati rahbari lavozimiga tayinlangan. Bektenov o`tgan yillar davomida Adliya vazirligi, Moliya polisiyasi, Ostona shahri hokimi devoni va Qozog`iston Respublikasi Davlat xizmati ishlari va korrupsiyaga qarshi kurash agentligida ishlagan.  

Eslatib o`tamiz, Qozog`iston prezidenti hukumat iste`fosini qabul qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar