AQShning eng taniqli jurnalisti Taker Karlson Putindan intervyu olish maqsadida yakshanba kuni Moskvaga bordi. Bu haqida Zamon.uz xabar bermoqda.
Dushanba kuni unga xizmat ko`rsatayotgan avtomobil Kreml darvozasidan ichkariga kirib ketgani haqida videolar tarqaldi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga bunday imkoniyatni inkor qilmagan.
Jurnalist Putindan intervyu oldimi yo`qmi, yaqin vaqt ichida ma`lum bo`ladi.






