Buxoro viloyat hokimining “Buxoro va Kogon shaharlarida jamoat transporti tizimida yo`lovchilar tashish tariflarini belgilash to`g`risida”ga qarori e`lon qilindi.
Ushbu hujjatga asosan Buxoro va Kogon shaharlarida yo`lovchi tashuvchi jamoat transporti (avtobus va yo`nalishli taksi)larda yo`lovchilar tashish xizmatlarining bir martalik cheklangan tarifi (yo`l kira haqi) 2000 (ikki ming) so`m etib belgilandi.
Ushbu qaror rasman 2024 yil 3 fevraldan e`tiboran kuchga kirgan.






