O`zbekiston bosh vazirining sobiq o`rinbosari Valeriy Ataev 75 yoshida Moskvada vafot etdi, deb xabar berdi “TASS”.
"O`zbekiston bosh vazirining sobiq o`rinbosari Valeriy Ataev Leninskiy prospektidagi kvartirasida vafot etdi. U 75 yoshda edi", — dedi agentlik suhbatdoshi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, u tabiiy sabablarga ko`ra vafot etgan, shunday bo`lishiga qaramay polisiya tomonidan belgilangan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Valeriy Ataev 1990 yillarda O`zbekiston energetika vaziri bo`lgan, keyin Bosh vazir o`rinbosari etib tayinlangan. 2009 yilda O`zbekistonda unga qarshi o`g`irlik va mansab vakolatini suiiste`mol qilish moddalari bo`yicha jinoiy ish ochilgach, u Moskvaga jo`nab ketadi.
OAV xabariga ko`ra, u Moskvada qo`lga olingan, biroq qo`yib yuborilgan.






