Aktrisa Asal Shodieva qaynonasi, taniqli rejissyor Zebo Navro`zova bilan “Darakchi” tahririyatida mehmon bo`ldi. Asal qaynonasiga “Zebo opa” deb murojaat etgani e`tiborimizni tortdi. Aktrisa bunga quyidagicha izoh berdi:
“O`zlaridan ruxsat so`raganman. Shu kungacha ‘Zebo opa’ deb chaqirganim uchun to`ydan keyin oyijon deyishga sira o`rganolmadim”.
Zebo Navro`zova ham bu holatga o`z fikrini bildirdi:
“Bundan tashqari, mening o`zim ham qarshilik qilmadim. Sababi, insonni qanday atash muhim emas, o`ziga yoqqandek murojaat etaversin. Hurmat bu bilan o`lchanmaydi-ku, to`g`rimi?”
Qaynona-kelin bilan kechgan qiziqarli suhbatni “Darakchi” gazetasining payshanba kuni sotuvga chiqadigan yangi 46-sonida o`qishingiz mumkin.