O`zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev Moldova Respublikasining yangi saylangan Prezidenti Igor Dodonni tabrikladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maktubda davlat rahbari O`zbekiston va Moldova o`rtasidagi an`anviy do`stlik munosabatlari va o`zaro manfaatli hamkorlik davlatlarimiz va xalqalarimiz manfaatlari yo`lida bundan-buyon ham rivojlanashi va mustahkamlanishiga ishonch bildirilgan.
Shavkat Mirziyoev Igor Dodonga mustahkam sog`lik, birdamlik, mas`uliyatli davlat mansabida ulkan muvaffaqiyatlar, Moldova xalqiga esa tinchlik va taraqqiyot tiladi.





