AsosiyDunyo
7688

Bill Klinton rafiqasi Xillari bilan suhbatlashgach, telefonni derazadan uloqtirdi

Er-xotin Klintonlarga yaqin manbalarning xabar berishicha, AQShdagi prezident saylovi natijalari e`lon qilinishiga bir necha kun qolganda Bill rafiqasi Xillariga shunday jahl qildiki, g`azabdan xotini bilan gaplashgan telefon apparatini derazadan uloqtirib yubordi, deb xabar beradi “Vesti”. 

 AQShning sobiq prezidenti rafiqasini saylovlarda mag`lub bo`lganlikda ayblamoqda. 
“Billning shu qadar jahli chiqdiki, Arkanzas shtati Litl-Roke shahridagi qasri derazasidan telefonini uloqtirib yubordi. Men uning yuragi huruj qilishidan qo`rqib ketdim”, — deb hikoya qiladi AQShning sobiq prezidenti bilan birga ishlovchi xodim. 
Ismi oshkor qilinmayotgan manbaning aytishicha, Bill Klinton Xillari va tarafdorlari uning so`zlariga quloq solmaganidan va oqibatda rafiqasining saylovda mag`lubiyatga uchraganidan g`azablangan.

Bill Klinton rafiqasiga saylovoldi dasturida amerikaliklar hayotini yaxshilash va iqtisodiy muammolarni hal etishga urg`u berishni maslahat bergan. Xillari esa saylovoldi kampaniyasi doirasida Tramping kirdikorlarini ochishga uringan. Natijada saylovda g`alaba qozona olmagan. 
Xillari Klinton o`z navbatida saylovda g`alaba qozona olmaganida FQB boshlig`i Jeyms Komini ayblamoqda. U saylovga bir necha kun qolganida Xillarining xizmat doirasidagi yozishmalarini tadqiq qilgan edi. 

Avvalroq xorijiy OAVlarda Bill va Xillari Klintonlarning ajrashishi to`g`risidagi xabarlar paydo bo`lgan edi.

Boshqa yangiliklar