1

Xalqaro futbolda ko`k kartochka ishlatilmaydigan bo`ldi

Sport 11.02.2024, 16:18
Xalqaro futbolda ko`k kartochka ishlatilmaydigan bo`ldi

Avvalroq, futbolda ko`k kartochkalar paydo bo`lishi haqida xabar bergan edik.

Ushbu kartochka atayin qoidabuzarlik qilgan yoki hakam bilan ko`p tortishgan o`yinchiga ko`rsatiladi va futbolchi 10 daqiqaga maydondan chetlatilishi aytilgandi.

Biroq Xalqaro futbol assosiasiyasi kengashi (IFAB) jamoatchilik, jumladan, jamoa murabbiylari futbolda ko`k kartochkani qo`llash islohotiga salbiy munosabat bildirgani uchun yaqin orada undan foydalanmaslikka qaror qildi. Bu haqda “Daily Star” nashri xabar berdi.

Xabarga ko`ra, IFAB futbolda ko`k kartochkalarni joriy etish rejasi tafsilotlarini kecha, 9 fevral kuni e`lon qilishi kerak edi, biroq bu tashabbus bo`yicha keyingi muhokamalar jarayonni to`xtatishiga sabab bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1