Fransiya markazidagi “Shinon” atom elektr stansiyasida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda mamlakat yadroviy xavfsizlik agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, atom elektr stansiyasida uchta reaktordan ikkitasi yong`in tufayli to`xtatilgan. Kelib chiqqan yong`in esa qiyinchilik bilan o`chirildi.
Yong`in “yadro zonasidan tashqarida” joylashgan 3-reaktordagi transformatorda boshlangani aniqlangan va 3- hamda 4-reaktorlar ishi xavfsizlik yuzasidan to`xtatilgan, deyiladi xabarda.
Ma`lumotlarga ko`ra, “Shinon” AES foydalanishga topshirilganiga 40 yildan oshdi. Ushbu atom elektr stansiyasi Fransiyadagi barcha atom energiyasi ishlab chiqarishning 5,4 foizini tashkil qiladi va unda 2,4 mingdan ortiq ishchi faoliyat yuritadi.
Yong`inni o`chirishda 30 nafarga yaqin o`t o`chirish brigadalari ishtirok etgan. AES operatorining ta`kidlashicha, yong`in yaqin atrofdagi turar-joy binolariga hech qanday ta`sir ko`rsatmagan va olovga qarshi foydalanilgan suv tuproqni zararlamasligi uchun maxsus tizim orqali yig`ib olingan.






