O`zbekiston va Shveysariya o`rtasida ikki tomonlama xalqaro avtomobil tashuvlarini ruxsatnomasiz amalga oshirishga kelishib olindi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qildi.
Qayd etilishicha, 2023 yil 23 iyunda imzolangan O`zbekiston Hukumati bilan Shveysariya Federal Kengashi o`rtasida 2002 yil 3 aprelda imzolangan yo`lovchilar hamda yuklarni avtomobilda xalqaro tashish to`g`risidagi Bitimga va uni qo`llash tartibi to`g`risidagi Bayonnomaga o`zgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnoma 2024 yil 8 fevraldan e`tiboran kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning asosiy maqsadi O`zbekiston va Shveysariya o`rtasida ikki tomonlama xalqaro avtomobil tashuvlarini ruxsatnomasiz amalga oshirish hisoblanadi.
Ushbu xalqaro shartnomaning kuchga kirishi avtotashuvchilar uchun ortiqcha byurokratik to`siqlarni kamaytiradi va yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.