1

Oksana Chusovitina to`qqizinchi Olimpiadasi sari harakatni boshladi

Sport 13.02.2024, 13:26
Oksana Chusovitina to`qqizinchi Olimpiadasi sari harakatni boshladi

15-18-fevral kunlari Misr poytaxti cport gimnastikasi bo`yicha Jahon kubogining birinchi bosqichiga mezbonlik qiladi.

Bugun ushbu musobaqada qatnashadigan terma jamoamiz Qohiraga yo`l oldi. 

Qayd etish joiz, 20 aprelga qadar davom etadigan 4 bosqich yakuniga ko`ra, o`z yo`nalishlarida tengsiz bo`lgan 2 nafardan atlet Parij-2024 yozgi Olimpiya o`yinlari yo`llanmasini qo`lga kiritadi. Shu tariqa, unda Oksana Chusovitina o`zining to`qqizinchi Olimpiadasiga lisenziya olish uchun kurash olib boradi. 

Terma jamoamiz quyidagi tarkibda Misrga jo`nab ketdi:

Erkaklar:

Rasuljon Abdurahimov

Abdulaziz Mirvaliev

Humoyun Islomov

Ayollar:

Oksana Chusovitina

Dildora Aripova

Odinaxon Robijonova

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1