Lola va Tatyana Karimovalar O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Oqsaroydagi ish kabinetiga tashrif buyurdi

Jamiyat 18.11.2016, 09:49
Teglar: Islom Karimov
Lola va Tatyana Karimovalar O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Oqsaroydagi ish kabinetiga tashrif buyurdi

Lola Karimova-Tillaeva onasi Tatyana Karimova bilan birga O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Oqsaroydagi ish kabinetiga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif aks etgan suratlar Lola Karimovaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylandi. U otasini xotirlab quyidagi so`zlarni yozib qoldirdi: 

“Oyimlar bilan otamning Oqsaroydagi ish kabinetlarida.

Yurtimizning birinchi Prezidenti olamdan o`tganlariga ikki yarim oy bo`ldi.

Otamning xotiralari va hayotda amal qilgan tamoyillarini abadiylashtirish maqsadida men onam bilan birgalikda Islom Karimov nomi bilan ataluvchi jamoatchilik xayriya Fondiga asos soldik. Fond o`z oldiga O`zbekistonning birinchi Prezidenti xotirasiga bag`ishlangan muzeyni tashkil qilish va Vatanimiz mustaqilligining asoschisi to`g`risida maqola va asarlar nashr etishni maqsad qilib olgan.

Fondning birlamchi vazifalaridan biri mamlakatimiz hamda horijda O`zbekistonning tarixiy, madaniy va adabiy merosini targ`ib qilishga mo`ljallangan dasturlarni amalga oshirishdan iboratdir.

Islom Karimov Fondi tomonidan yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga, oliy o`quv yurti va maktab murabbiylari hamda tibbiyot xodimlarining kasbiy malakalarini oshirishga yo`naltirilgan turli ilmiy-ma`rifiy, madaniy dastur va loyihalar amalga oshiriladi. Ushbu dasturlar doirasida Islom Karimov Fondi iste`dodli yoshlarga mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning eng ilg`or oliy o`quv yurtlarida ta`lim olishlari uchun grantlar taqdim etadi. Mamlakatimizda ilm-fanning taraqqiyotiga hissa qo`shish maqsadida Fond tomonidan ilmiy tadqiqot dasturlariga ham grantlar ajratish ko`zda tutilgan.

Shuningdek, Islom Karimov Fondi o`z faoliyatida o`zbek tilini rivojlantirishga alohida ahamiyat berishni o`z oldiga maqsad qilib olgan. Fond tomonidan o`zbek klassik hamda zamonaviy yozuvchilar asarlarini chet tillarga tarjimasi va nashri uchun grantlar beriladi.

Ona yurtimizning an`analari, adabiyoti hamda xalqimizing boy madaniy merosining boshqa jabhalariga tegishli adabiyotlar nashr etmoqlik ham Fond faoliyatining muhim yo`nalishlaridan biri bo`ladi. 

Islom Karimov Fondi xalqimizning avloddan avlodga, asrlar osha o`tib kelayotgan hunarmandchilik an`analarini asrash va qo`llab quvvatlashni ko`zda tutgan loyihalarni ham amalga oshiradi.

O`zbek zamonaviy tasviriy san`at maktabini taraqqiy ettirish maqsadida Islom Karimov Fondi o`zbek san`at ustalari tomonidan yaratilgan eng yaxshi asarlar kolleksiyasini to`plashni hamda mashhur rassomlar va ist`edodli yosh san`atkorlarning ko`rgazmalarini tashkil etishni o`z birlamchi vazifalaridan biri qilib belgilagan.

Islom Karimov Fondi mana 14 yildan buyon ota-ona qaramog`isiz qolgan va nogiron bolalar va yoshlarga har tomonlama yordam ko`rsatib kelayotgan “Sen yolg`iz emassan” jamoatchilik bolalar fondi bilan hamkorlikda ham faoliyat olib boradi.

Islom Karimov Fondi yurtimizda istiqomat qiluvchi ko`pgina insonlarga o`z salohiyatini amalga oshirishda yordam berib, ona O`zbekistonimizning madaniy va marifiy rivojiga o`z salmoqli hissasini qo`shadi, deb umid qilaman.

Men mehribon Allohdan otamning oxiratlarini obod qilishini va boshlagan xayrli ishlarimizda bizga madadkor bo`lishini so`rayman”.

Sharhlar

Sinfdoshi, rafiqasi va shaxsiy soqchisidan tortib dunyoning eng buyuk shaxslarigacha... Islom Karimovni kim qanday eslaydi?

30.01.2023, 10:48

#30 yanvar_O`zbekistonning_Birinchi_Prezidenti_Islom_Karimov_tug`ilgan_kunBugun, 30 yanvar — O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tug`ilgan kun. Islom Abdug`anievich Karimov 1938 yil Samarqand shahrida tavallud topgan va 2016 yil 2...
Sinfdoshi, rafiqasi va shaxsiy soqchisidan tortib dunyoning eng buyuk shaxslarigacha... Islom Karimovni kim qanday eslaydi?

02.09.2022, 10:26

Islom Abdug`anievich Karimov – O`zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Birinchi prezident Islom Karimov 2016 yil 2 sentyabr kuni og`ir xastalikdan so`ng 78 yoshida vafot etdi. Ushbu...
Davlat rahbarlari Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

29.11.2019, 19:10

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 29 noyabr kuni rasmiy muzokaralardan so`ng, dastavval Ko`ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko`chatlar  ekishdi. Shundan so`ng, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy yodgorlik...
Islom Karimov bolaligida kimga o`xshagisi kelgan?

07.11.2018, 15:00

Islom Karimov fondi O`zbekistonning Birinchi prezidenti rafiqasining xotiralarini e`lon qildi.Tatyana Karimova Islom Karimovning bolaligi urush va urushdan keyingi og`ir damlarga to`g`ri kelgani haqida yozdi:"Urushdan keyin...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1