1

O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag`ishlangan muzey tashkil etiladi

Jamiyat 18.11.2016, 10:41
Teglar: O`zbekiston, Islom Karimov
O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag`ishlangan muzey tashkil etiladi

Lola va Tatyana Karimovalar tomonidan O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi bilan ataluvchi jamoatchilik xayriya fondiga asos solindi. Bu haqda Lola Karimova o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma`lum qildi. 

“Oyimlar bilan otamning Oqsaroydagi ish kabinetlarida.

Yurtimizning birinchi Prezidenti olamdan o`tganlariga ikki yarim oy bo`ldi. Otamning xotiralari va hayotda amal qilgan tamoyillarini abadiylashtirish maqsadida men onam bilan birgalikda Islom Karimov nomi bilan ataluvchi jamoatchilik xayriya Fondiga asos soldik. Fond o`z oldiga O`zbekistonning birinchi Prezidenti xotirasiga bag`ishlangan muzeyni tashkil qilish va Vatanimiz mustaqilligining asoschisi to`g`risida maqola va asarlar nashr etishni maqsad qilib olgan.

Fondning birlamchi vazifalaridan biri mamlakatimiz hamda horijda O`zbekistonning tarixiy, madaniy va adabiy merosini targ`ib qilishga mo`ljallangan dasturlarni amalga oshirishdan iboratdir.

Islom Karimov Fondi tomonidan yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga, oliy o`quv yurti va maktab murabbiylari hamda tibbiyot xodimlarining kasbiy malakalarini oshirishga yo`naltirilgan turli ilmiy-ma`rifiy, madaniy dastur va loyihalar amalga oshiriladi. Ushbu dasturlar doirasida Islom Karimov Fondi iste`dodli yoshlarga mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning eng ilg`or oliy o`quv yurtlarida ta`lim olishlari uchun grantlar taqdim etadi. Mamlakatimizda ilm-fanning taraqqiyotiga hissa qo`shish maqsadida Fond tomonidan ilmiy tadqiqot dasturlariga ham grantlar ajratish ko`zda tutilgan.

Shuningdek, Islom Karimov Fondi o`z faoliyatida o`zbek tilini rivojlantirishga alohida ahamiyat berishni o`z oldiga maqsad qilib olgan. Fond tomonidan o`zbek klassik hamda zamonaviy yozuvchilar asarlarini chet tillarga tarjimasi va nashri uchun grantlar beriladi.

Ona yurtimizning an`analari, adabiyoti hamda xalqimizing boy madaniy merosining boshqa jabhalariga tegishli adabiyotlar nashr etmoqlik ham Fond faoliyatining muhim yo`nalishlaridan biri bo`ladi. 

Islom Karimov Fondi xalqimizning avloddan avlodga, asrlar osha o`tib kelayotgan hunarmandchilik an`analarini asrash va qo`llab quvvatlashni ko`zda tutgan loyihalarni ham amalga oshiradi.

O`zbek zamonaviy tasviriy san`at maktabini taraqqiy ettirish maqsadida Islom Karimov Fondi o`zbek san`at ustalari tomonidan yaratilgan eng yaxshi asarlar kolleksiyasini to`plashni hamda mashhur rassomlar va ist`edodli yosh san`atkorlarning ko`rgazmalarini tashkil etishni o`z birlamchi vazifalaridan biri qilib belgilagan.

Islom Karimov Fondi mana 14 yildan buyon ota-ona qaramog`isiz qolgan va nogiron bolalar va yoshlarga har tomonlama yordam ko`rsatib kelayotgan “Sen yolg`iz emassan” jamoatchilik bolalar fondi bilan hamkorlikda ham faoliyat olib boradi.

Islom Karimov Fondi yurtimizda istiqomat qiluvchi ko`pgina insonlarga o`z salohiyatini amalga oshirishda yordam berib, ona O`zbekistonimizning madaniy va marifiy rivojiga o`z salmoqli hissasini qo`shadi, deb umid qilaman.

Men mehribon Allohdan otamning oxiratlarini obod qilishini va boshlagan xayrli ishlarimizda bizga madadkor bo`lishini so`rayman”,—deb yozdi Lola Karimova-Tillaeva.

Sharhlar

O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
Sinfdoshi, rafiqasi va shaxsiy soqchisidan tortib dunyoning eng buyuk shaxslarigacha... Islom Karimovni kim qanday eslaydi?

30.01.2023, 10:48

#30 yanvar_O`zbekistonning_Birinchi_Prezidenti_Islom_Karimov_tug`ilgan_kunBugun, 30 yanvar — O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tug`ilgan kun. Islom Abdug`anievich Karimov 1938 yil Samarqand shahrida tavallud topgan va 2016 yil 2...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1