Turkiyalik mutaxassislar Buyuk Britaniya, Avstriya va Chexiyadagi hamkasblari bilan birgalikda asalarilar populyasiyasini saqlab qolish vazifasini o`z zimmalariga olishdi. Hasharotlarni saqlab qolish uchun olimlar haqiqiy asalarilarning vazifalarini bajara oladigan maxsus robotlarni yaratishga kirishdi.
Loyiha ustidagi ishlar yana ikki yil davom etadi. Hozirda 20 dan ortiq olimlar tadqiqot ishlarida ishtirok etmoqda. Yaqin Sharq Texnika Universiteti professori Erol Shahin aytganidek, mutaxassislar tirik asalarilar joylashgan uyaga mexanik hasharotlarni joylashtirishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, ularning hayotiy faoliyati sun`iy intellekt yordamida boshqariladi.
Loyiha Birlashgan Arab Amirliklarida bo`lib o`tgan ilmiy sammitda taqdim etildi va u dunyodagi eng yirik yangiliklardan biri sifatida yuqori baholandi. Sammit ishtirokchilari asalarilar populyasiyasini saqlab qolish Er ekotizimini saqlab qolish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta`kidladilar. Gap shundaki, asalarilar ko`plab o`simliklarning changlanishida asosiy rol o`ynaydi.