AsosiyDunyo
2150

Trampning osmono`par binolari musodara qilinishi mumkin

'Trampning osmono`par binolari musodara qilinishi mumkin'ning rasmi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 355 million dollar jarima to`lamasa, uning aktivlari, jumladan osmono`par binolari musodara qilinishi mumkin. Bu haqda Nyu-York bosh prokurori Letitia Jeyms ma`lum qilgani haqida xabar bermoqda Zamon.uz.

“Agar uning jarimani to`lash uchun mablag`i bo`lmasa, biz qonuniy mexanizmlarni ishga tushiramiz va sudyadan uning aktivlarini musodara qilishni so`raymiz”, — degan bosh prokuror.

16 fevral kuni Nyu-York sudi Trampni fuqarolik firibgarligi bo`yicha aybdor deb topdi. Hokimiyat siyosatchi va uning ko`chmas mulk kompaniyasiga 355 million dollar jarima to`lashni ma`lum qilgan. Bundan tashqari, Trampga Nyu-Yorkda ro`yxatdan o`tgan har qanday korporasiyada direktor yoki boshqa rahbarlik lavozimini egallashi uch yilga taqiqlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar