AsosiyJamiyat

Yangier shahrida tibbiyot muassasasi binosi foydalanishga topshirildi

Sirdaryo viloyati Yangier shahar tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo`limi binosi qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.  

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda sog`liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish, davolashning yangi texnologiya va usullarini keng joriy etish, tibbiyot xodimlari mehnatini rag`batlantirish orqali aholi, ayniqsa, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish samaradorligini yanada oshirishga alohida e`tibor qaratilayotgani ta`kidlandi. 

– Bo`limning yangi binosida bemor va shifokorlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan, – deydi Yangier shahar tibbiyot birlashmasi boshlig`i A.Vaydullaev. – Birlashmamizda 88 shifokor, 278 o`rta ma`lumotli tibbiy xodim 40 mingga yaqin aholiga sifatli xizmat ko`rsatmoqda. Qayta rekonstruksiya qilingan va zamonaviy jihozlangan bo`lim binosi aholi salomatligini ta`minlash sifatini yanada yaxshilash imkonini beradi.

Boshqa yangiliklar