AsosiyDunyo
2527

Eyfel minorasining yopilishidan qancha zarar ko`rildi?

'Eyfel minorasining yopilishidan qancha zarar ko`rildi?'ning rasmi

Parijdagi Eyfel minorasining yopilishidan bir million evrodan ko`proq yo`qotish bo`ldi. Bu haqida Zamon.uz xabar bermoqda.

Olti kun davomida shaharning asosiy diqqatga sazovor joyi maoshni oshirishni talab qilgan ishchilarning ish tashlashi tufayli sayyohlar uchun xizmat ko`rsatmadi.

25 fevral kuni sayyohlik maskani yana tashrif buyuruvchilarni qabul qila boshladi. Eyfel minorasini boshqarish jamiyati raisi Jan-Fransua Martensning so`zlariga ko`ra, chiptalar savdosidan ko`rilgan zarar million evrodan oshadi. Kompaniya hisob-kitoblariga ko`ra, ish tashlash vaqtida jami 100 ming chipta sotilmagan. Minorani ziyorat qilish uchun chiptalarni bron qilganlarga yangi bron qilish yoki pulini qaytarish taklif etiladi. Martens shuningdek, 2024 yilning yozida tariflar 20 foizga oshishini aytdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar