AsosiyJamiyat

Toshkentning 3 tumanida elektr ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi

'Toshkentning 3 tumanida elektr ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi'ning rasmi

Toshkentning 3 tumanida elektr ta`minotida vaqtincha uzilish bo`ladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ shahar filiali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta`mirlash ishlarini olib borish maqsadida 28 fevral kuni quyidagi hududlarda elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladi:

Mirobod tumani: "Fayzobod" va "Oq uy"  MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

Uchtepa tumani: "Qoryog`di" MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

Olmazor tumani: "Ahil", "Gulzor", "Moyariq", "Ibrohim ota" hamda "Miskin" MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

Qo`shimcha qilinishicha, yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar