1

Farg`onada 219,3 mln so`m subsidiya mablag`larini o`zlashtirgan fermer xo`jaliklari aniqlandi

Jinoyat 02.03.2024, 18:36
Farg`onada 219,3 mln so`m subsidiya mablag`larini o`zlashtirgan fermer xo`jaliklari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda 219,3 mln so`m subsidiya mablag`larini o`zlashtirgan fermer xo`jaliklari aniqlandi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, “A.S”  hamda “I.Y.” fermer xo`jaliklari mas`ul shaxslari “M.B” xususiy korxonasi rahbari R.M. bilan o`zaro til biriktirib, ushbu fermer xo`jaliklari er maydonlariga haqiqatda o`rnatilmagan 14 629 dona shpalerlar uchun jami 219,3 mln so`m miqdorida subsidiya mablag`lari ajratilishiga erishib, ushbu mablag`larni “M.B.” xususiy korxonasi orqali naqdlashtirib olganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1