1

Toshkent viloyatida 2 ming litr Ai-91 benzinini noqonuniy sotishga uringan shaxs ushlandi

Jinoyat 02.03.2024, 20:00
Toshkent viloyatida 2 ming litr Ai-91 benzinini noqonuniy sotishga uringan shaxs ushlandi

Toshkent viloyati Bekobod shahrida Ai-91 markali benzin yonilg`isini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, departamentning Bekobod shahar bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazilgan. Tadbirda R.R. ismli shaxs (muqaddam sudlangan) noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro M.X.ga 2 ming litr Ai-91 markali benzin yonilg`isini 22 million so`m va 100 dollarga sotgan vaqtida ushlangan. 

Shuningdek, R.R. ushbu benzin yonilg`isini Bekobod shahridagi “G`.G`.” MChJga qarashli shoxobchadan Isuzu rusumli yuk avtomashinasida 200 litr hajmli idishlarga quydirib olib chiqqani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1