2024 yilning yanvar oyida 87 673 ta tashkilot umumiy qiymati 4 trln so`mga yaqin miqdordagi soliq imtiyozlaridan foydalanildi. Bu haqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Shu bilan birga:
▫️1 512 ta korxona moliyaviy xizmatlar bo`yicha 1,5 trln so`mlik QQSsiz operasiyalar amalga oshirgan;
▫️2 787 ta korxona 2,3 trln so`m miqdorida QQS "nol" stavkasini qo`llagan.
Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:
▫️QQS – 1,3 trln so`m;
▫️er solig`i – 1,6 trln so`m;
▫️mol-mulk solig`i – 750,9 mlrd so`m;
▫️ijtimoiy soliq – 173,1 mlrd so`m;
▫️JShODS – 64,3 mlrd so`m;
▫️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 19,8 mlrd so`m.
▫️AOS – 8,4 mlrd so`mni tashkil etdi.
Xalqaro ekspertlar xulosasiga asosan, QQS bo`yicha moliyaviy xizmatlar va nol stavka hisobi alohida yuritiladi.






