AsosiyDunyo

Yaponiyada 74 yoshli shahar meri jinsiy zo`ravonlik ayblanmoqda

'Yaponiyada 74 yoshli shahar meri jinsiy zo`ravonlik ayblanmoqda'ning rasmi

Yaponiyada 74 yoshli shahar meri jinsiy zo`ravonlik ayblovlaridan so`ng iste`foga chiqmoqda, deya xabar bermoqda Zamon.uz.

Hideo Kojima, sobiq shahar Assambleyasi a`zosi, birinchi marta 2020 yil noyabr oyida Ginan shahri meri etib saylangan.

Rasmiy tergov Kojimani bir nechta ta`qib holatlari, shu jumladan, ayol hamkasblariga tegajog`lik qilishda aybdor deb topdi.

Tergovga 193 xodimdan 161 (80 erkak va 81 ayol) nafarining so`rov natijalari kiritilgan. Ularning aksariyati shahar rahbarini ayollarga nisbatan jinsiy zo`ravonlik qilganini aytgan.

Mer mustaqil qo`mita hisobotida batafsil bayon etilgan ba`zi ayblovlarni rad etdi.

"Men bunday ish qilmaganman. Hisobotda betaraflik yo`q va men ularni yanada chuqurroq tekshirishlarini xohlayman", — dedi shahar rahbari.

Shuningdek, Hideo Kojima nutqining oxirida yig`lab yubordi.

 

    Boshqa yangiliklar