AsosiyJamiyat

"Suyunchi" pulini berish berish tartibi o`zgardi

'"Suyunchi" pulini berish berish tartibi o`zgardi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ba`zi ijtimoiy nafaqalarni to`lash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Unga ko`ra, 2024 yil 1 apreldan boshlab farzand tug`ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli:

— birinchi farzandi uchun – barcha ayollarga;

— ikkinchi farzandi uchun – farzand tug`ilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga kiritilgan oilaning a`zosi bo`lgan ayollarga rasmiylashtiriladi.

Qolgan barcha holatlarda nafaqa to`lanmaydi.

Nafaqani olish uchun arizani davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali berish mumkin.

Shuningdek, bolaning otasi yoki onasi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ko`rsatgan holda bolaning tug`ilganidan boshlab, 1 oy muddat ichida bir martalik nafaqa pulini olish uchun AT "Xalq banki"ning istalgan filialiga murojaat qiladi. 

    Boshqa yangiliklar