2024 yil 3 mart kuni soat taxminan 21:00 larda Marg`ilon shahar Mustaqillik va A.Yassaviy ko`chalari kesishmasida «Nexia-3» rusumli transport vositasi yo`lni kesib o`tayotgan piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan.
Natijada piyoda tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlariga kirishilgan va ushbu transport vositasini va uni boshqargan shaxsni aniqlash choralari ko`rilmoqda.






