1

SSV ro`zadorlarga ovqatlanish bo`yicha tavsiyalar berdi

Salomatlik 10.03.2024, 15:22
SSV ro`zadorlarga ovqatlanish bo`yicha tavsiyalar berdi

Ramazon oyida to`g`ri ovqatlanish organizmni yanada sog`lomlashtiradi. Shu sababli Sog`liqni saqlash vazirligi ro`zadorlarga sog`lom ovqatlanish bo`yicha tavsiyalar berdi.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, ro`zadorlar sog`lom ovqatlanish tavsiyalariga amal qilib, ortiqcha vazndan xalos bo`lish, qon bosimi va organizmdagi xolesterin miqdorini pasaytirishga erishish mumkin.

Iftorlik va saharlik oralig`ida ko`p miqdorda suv ichish tavsiya etiladi. Kunduzi havo harorati yuqori bo`lganda ko`p terlashni keltirib chiqarishi mumkin. Shu bois kun davomida yo`qotilgan suyuqlik o`rnini qoplash ehtiyoji yuzaga keladi. Buning uchun esa ko`proq suv ichish tavsiya etiladi.

Sersuv mahsulotlar tanovul qilish orqali ham bu me`yorni qisman qoplash mumkin. Masalan, saharlik paytida yoki iftorlikdan keyin dessert sifatida ho`l mevalardan eyish foydali. “Achiq-chuchuk” salati tarkibidagi bodring va pomidor ham sersuv ne`matlar hisoblanadi. Sho`rva yoki sabzavotli salatlar singari suvga boy taomlarni ham iste`mol qilish mumkin.

Tarkibida kofein mavjud bo`lgan mahsulotlar — kofe, kola kabi ichimliklardan voz kechib turgan ma`qul. Chunki bu modda inson organizmida suv miqdori kamayishiga olib keladi.

Kun davomida juda doimiy harakat qilish organizmning ko`p miqdorda suv yo`qotishiga olib keladi. Qisqa muddatli sayr yoki chigalyozdi mashqlari sizni tonusda ushlab turishi mumkin. Ammo kun bo`yi harakatsiz o`tirish ham tavsiya qilinmaydi.

“Og`izni yopish”dan oldin ovqat eyish lozim. Saharlik paytida engil taomlanish, ayniqsa, ro`za tutishni maqsad qilgan katta yoshdagi insonlar, o`smirlar, homilador ayollar, emizikli farzandi bor onalar hamda bolalar uchun juda muhim!

Engil nonushta sifatida sabzavotlar, tarkibida uglevod bo`lgan donli nonlar yoki bulochkalar, sut mahsulotlari (tuzsiz pishloq, suzma, sut) yoki tuxum kabi oqsilga boy ne`matlarni iste`mol qilish foydali.

Ammo shunday toifadagi bemorlar borki, ro`za tutish ularning salomatligi uchun xavfli bo`lishi mumkin. Mutaxassislar fikricha, jarrohlik amaliyoti o`tkazilishini talab qiluvchi va operasiyadan keyingi davrda bemorlar ro`za tutishi maqsadga muvofiq emas.

Bundan tashqari, doimiy ravishda dori ichishi kerak bo`ladigan yurak-qon tomir, buyrak va jigar xastaliklarining og`ir ko`rinishlari hamda qandli diabetda hamushbu amalni bajarish tavsiya etilmaydi. Qolaversa, og`riq bilan kechadigan va og`riq qoldiruvchi dorilarni muntazam qabul qilishi talab qilinadigan, xususan, sil va onkologik kasalliklarining ayrim turlarida ham ro`za tutish mumkin emas.

Ular ro`za tutish niyatida bo`lsa, avvalo, shifokor bilan maslahatlashishi lozim.

“Daryo” ramazon oyi uchun taqvimni e`lon qilgan. Undan saharlik va iftorlik vaqtlarini bilib olish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1