AsosiyDunyo

Braziliyada soxta shifokor 30 nafar bemorni davoladi

'Braziliyada soxta shifokor 30 nafar bemorni davoladi'ning rasmi

Internetda 8 dollarga diplom sotib olgan 27 yoshli ayol 30 nafar bemorni davolab, jinoyat sodir etganini tan oldi.

Bu safar soxta shifokorlik bilan bog`liq  ish Braziliyaning San-Paulu shahrida sodir bo`lgan. 27 yoshli Mirian Santana internetdan olgan qalbaki hujjat bilan 30 nafar insonni davolaganini aytdi.  

Santananing soxta diplomi sog`liqni saqlash mutaxassislari tomonidan aniqlangan. Mutaxassislar undan shubhalanib, haqiqiy shifokorga tegishli bo`lgan ro`yxatga olish raqamini tekshirib ko`rishgach, yo`lg`oni fosh bo`lgan.

Ishining birinchi kunidayoq qo`lga tushgan Santanaga polisiya shahar hokimiyati bilan tender jarayonida ishtirok etgan stomotologiya resurs kompaniya bilan til biriktirib klinikadagi ishni topganini fosh qilganini ochiqladi.   Santananing  so`zlariga ko`ra, u polisiyaga o`zini nutq terapevti bo`lib ishlaganini, oyiga taxminan 802 dollar ishlab topganini aytgan.  

Santana, noqonuniy kasb, qalbaki hujjatlardan foydalanish, insonlar hayotini xavfga solish  va pul mablag`larini o`zlashtirishga urinishda ayblanib hibsga olingan.

    Boshqa yangiliklar