"Tashabbusli byudjet"ning 2024 yilgi ilk mavsumiga 1 fevral kunidan start beriladi. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Bunga ko`ra,
Loyihalar kiritish: 1–20 fevral;
Loyihalarni saralash: 21 fevral–11 mart;
Ovoz berish: 12–31 mart sanalari davomida o`tkaziladi.
Ushbu mavsum uchun tuman va shahar byudjetlari hisobidan 3 trln so`m dan ortiq mablag` yo`naltiriladi.
Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 360 mln so`mni tashkil etadi.






